“Yuksalish” harakati “Hayot ulash” xayriya aksiyasini eʼlon qiladi

Maqsad — mamlakatimizning chekka mahalla va qishloqlarida yashovchi aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash.
Loyiha doirasida ichimlik suvi yetib bormagan yoki sifati yomonlashgan hududlarda quduqlar qaziladi. 
Aksiyaning dastlabki bosqichida Xorazm, Navoiy, Surxondaryo viloyatlaridagi uchta mahallada quduqlar qazilishi, suv minoralari, suv tozalash filtrlari oʻrnatilishi rejalashtirilgan.

Aksiya natijasida olis hududlardagi 40 mingga yaqin aholimiz obihayotdan bahramand bo‘lishadi.

“Yuksalish” harakati faol fuqarolar, tadbirkorlar, xorijdagi vatandoshlarimiz va mamlakatimiz taqdiriga befarq bo'lmagan barchani “Hayot ulash” xayriya aksiyasiga qo'shilishga chorlaydi!

Manba

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM