Eron investorlari Nurobodga investitsiya kiritmoqchi

Bugun eronlik investorlar delegatsiyasi vakillari tumanimizda mehmon bо‘lib, tumanimizda investitsiyaviy faoliyat yuritishga jiddiy qiziqish bildirdi.

Dastlab tashrif davomida tuman hokimi S.Berdiqulov investorlar bilan biznes uchrashuv о‘tkazib, tumanning investitsion potensiali bilan tanishtirdi hamda tomonlarning investitsion takliflari о‘rganib chiqildi.

Uchrashuv davomida tomonlar manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishib, yurtimizda chet el sarmoyadorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi alohida ta’kidlandi.

Investisiya kiritish istagini bildirgan sarmoyadorlar o‘zining aniq loyiha takliflariga ega bo‘lib, muzokaralar yakuniga ko‘ra, investorlar tomonidan loyihalari hududga moslashtirilganidan so‘ng ishlar boshlanishiga kelishib olindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM