Hormang paxtakorlar...

Ayni kunlarda Nurobod tumanida ham paxta yig‘im-terim ishlari avjida. 

Bugun tuman hokimi S.Berdiqulov tumandagi paxta dalalarida bo'lib, paxta yig‘im-terimiga ko'rilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda Nurobod tumanida 2023-yil hosili uchun 35 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 632 gektar yer maydonlarida g‘o‘za parvarishlanib, mo‘l hosil yetishtirildi. 

Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish maqsadida 14 ta otryadlar tomonidan ming nafarda ortiq terimchilar ro‘yxati shakllantirilib, qabul qilish maskanlariga topshirish uchun 25 ta traktor hamda 34 ta tirkamalar mavsumga shay holatga keltirilib, terimda qatnashmoqda.

Shuningdek, tuman hokimligi tashabbusi bilan paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan paxtakorlar holidan xabar olinib, ilg‘or terimchilarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM