Sportning Milliy kurash turi bo'yicha musobaqaning mahalla bosqichlari bo'lib o'tmoqda

Ayni kunlarda Nurobod tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning Milliy kurash turi bo'yicha musobaqaning mahalla bosqichlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun tumanning Nurdum mahallasida tashkil etilgan musobaqa tadbirida tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari ishtirok etishdi.

Shiddatli va murosasiz bahslar, kuchlilar ichida kuchli boʻlish ishtiyoqi ishtirokchilarni yanada ruhlantirdi.

Gʻolib boʻlgan mahalla yoshlari musobaqaning sektor bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritadilar.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM