
Insonga e’tibor va qadrlashning qirralari ko‘p. Shular ichida eng asosiysi – yurt tinchligi va shu oliy saodatning ramzi sanalmish oilalar xotirjamligi sanaladi.
Insonlar uchun saxovat ko‘rsatish, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish, baxtli hayot kechirishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bosh mezondir.
Nurobod tumani hokimligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga mehr va saxovat ulashib kelinmoqda.