Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi

Bugun Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash chora-tadbirlari” muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini tumanda ta’minlash mexanizmini tashkil etish bo‘yicha mas’ullar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari va mas’ul tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.

Aholi bandligini taʼminlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy ragʻbatlar taqdim etish maqsadida 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilishi hamda ushbu dastur doirasida tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM