Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun haftaning har juma kuni tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

O‘quv soati davra suhbati shaklida tashkil etilib, “Yangi Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi — xalqdir” mavzusida Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida tuman hokimligi mas’ul xodimlarining ma’lumotlari tinglandi.

Siyosiy-ma’rifat soati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM