Xitoy kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda umumiy quvvati 2000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida bugun, 15-fevral kuni Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha “CEEC ENERGY CHINA”  kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.Taʼkidlash kerakki, mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi tomonidan yurtimizga 2 mlrd dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritiladi.Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, stansiyalar 2024-yilda toʻliq quvvat bilan ishlay boshlaydi.Buning natijasida yiliga 5,2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd. kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.Tomonlar ushbu yirik loyihalarning istiqbollari va tez fursatlarda stansiyalar qurilish ishlarini jadal surʼatlarda amalga oshirishga kelishib oldilar.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM