Ko'l va daryolar ustidagi muzlarda uchmaslik tavsiya etiladi

O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi ortidan respublikaning bir qator hududlaridagi yirik daryolar, ko‘llar, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi. Ushbu hududlarda aholi, ayniqsa, yosh bolalar ko‘ngil ochish maqsadida konki va chanalarda uchishmoqda. 

So‘nggi kunlarda havo harorati anchayin iliqlashgan bo‘lsa-da, ko‘llarni qoplagan muzlar erib ketgani yo‘q. 

Tumanimiz hududlaridagi ko‘llarning muz qoplamalari qalin bo‘lmaganligi sababli yorilish ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uchayotganlar hayoti uchun xavfli hisoblanadi. 

Shu munosabat bilan Nurobod tumani favqulodda vaziyatlar bo'limi aholiga ko‘llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etadi.

2015-2023 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM