TA’LIM SIFATI VA KADRLAR SALOHIYATINI OSHIRISH DOLZARB MASALA

Nurobod tumanida milliy reyting natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l  qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.

Tadbirda  viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultonov, viloyat ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i G‘.Boboxolov, tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, tuman xalq ta’limi mas’ullari hamda tumandagi maktab direktorlari ishtirok etdi.
 Ta’kidlash joizki,milliy reyting natijalari 8 ta indikator bo‘yicha aniqlanadi. 
1-indikator - bitiruvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi(9-sinf bitiruvchilarining bilim darajasi hamda 11-sinf bitiruvchilarini OTMlariga kirish ko‘rsatkichi) bo‘yicha;
 2-indikator-o‘quvchilarning chet tillarini bilish darajasi bo‘yicha; 
3-indikator-11-sinf bitiruvchilarining bandligi; 
4-indikator-o‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar; 5-indikator - pedagoglarning sifat tarkibi; 
6-indikator-o‘qituvchilarning chet tillarini bilish darajasi;
7-indikator -moddiy-texnik bazani mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman(shahar) mahalliy budjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar hajmi ;
8-indikator - ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit hisoblanadi. 
Yig‘ilishda ushbu yo‘nalishda tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, keyingi yillarda ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlar ekan, bugun sohani rivojlantirish uchun har bir xodimdan mas’uliyat talab etilishini qayd etdilar. 
Milliy reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha past natijalarni qayd etgan umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifat va samaradorligiga yanada e’tibor qaratish  lozimligi haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Yig‘ilish so‘nggida  soha xodimlariga bu borada aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM