Dehqonlarga 150 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident tomonidan 6-oktyabr kuni imzolangan qarorga koʻra, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun 150 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi.Mazkur kreditlar yillik 14 foiz (shundan 3 foizi bank marjasi) miqdorida 6 oygacha imtiyozli davr bilan belgilanib, 12 oygacha beriladi.Oʻz navbatida, ajratiladigan kredit mablagʻlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi qarz oluvchi talabiga asosan naqd pulda taqdim etiladi.Shuningdek, qaror bilan Oʻzbekistonda 2022-2023-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan maydonlar kamida 300 ming gektarga yetkazish belgilandi.Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun moʻljallangan yerlarga ekinlarni joylashtirish Bogʻdorchilik agentligi tomonidan belgilab beriladi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM