Nurobod tumanida innovatsion loyihalar taqdimoti o'tkazildi

Bugun Nurobod innovatsion tumanida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari olimlarining tumanining drayver sohalaridan kelib chiqib, innovatsion hududga aylantirish yuzasidan tijoratlashtirish va startap loyihalari taqdimoti o'tkazildi.Bundan tashqari, Nurobod tumanining drayver sohalaridan biri chorvachilik bo'lganligi sababli, Urgut innovatsion hududida amalga oshirilayotgan choravachilik sohasidagi loyihalar ham ishtirok etdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, loyilarni sotish va kengaytirishdan iborat.Tadbirda tuman hokimi Sh.Yuldashev, Innovatsion rivojlanish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Qudratov, hokim o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari, dehqonchilik va chorvachilik fermer xo‘jalik rahbarlari, tadbirkorlar hamda veternariya xodimlari ishtirok etishdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM