Xalqimizga aytgan hamma tashabbuslarimiz boʻyicha qarorlar tez kunlarda qabul qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Birinchi masala - tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini aprel oyida tashkil etish.Davlatimiz rahbari oʻtgan hafta alohida farmoyish imzolanib, 7 ta yoʻnalishdagi 50 ta tadbir va ularning har biri uchun masʼullar belgilanganini taʼkidladi.«Xalqimizga aytgan hamma tashabbuslarimiz boʻyicha qarorlar tez kunlarda qabul qilinadi.Lekin, amaliy ijroni bir kun ham kechiktirib boʻlmaydi.Shuning uchun, bir oylik amaliy ish tizimiga oʻtamiz. Vazir, ixtisoslashgan markaz rahbarlari va hokimlar oʻzlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqib, amalga oshiradi.Ushbu rahbarlarning aprel oyi uchun ish rejalari bilan tanishib chiqdim.Qoraqalpogʻiston, Andijon, Surxondaryo hamda Kardiologiya va Xirurgiya markazlari masalaning sal boʻlsayam ichiga kirgan.Lekin, qolgan markazlarning ham, hududlarning ham ish rejasi “shablon” koʻrinishida. Birortasi tuman darajasida nima ish qilishini oldiga vazifa qilib qoʻymagan», dedi Prezident.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM