Tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun alohida “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi

Oltinchi yoʻnalish — sogʻlom turmush tarzi orqali, kasallikning oldini olishga eʼtiborni kuchaytirish.Joriy yildan boshlab 17 mingdan ziyod tibbiy brigada, 2 mingdan ortiq oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarning ish samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimi joriy qilinadi.Bunda, ortiqcha vaznga yoʻl qoʻymaslik, toʻgʻri ovqatlanishga amal qilish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish va ular natijasida infarkt, insult, qandli diabet, onkologiya kabi kasalliklarning oldini olish koʻrsatkichlari asosiy mezon sifatida belgilanadi.Ijobiy koʻrsatkichlarga erishgan tibbiyot xodimlari har chorakda mukofotlanadi, yil yakunida esa, har bir viloyatda eng yaxshi natija koʻrsatgan poliklinikaga mukofot va sovgʻalar beriladi.Oʻz mahallasida sogʻlom turmush tarzini tunu kun targʻib qilgan, bu borada shaxsiy namuna boʻlgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun alohida “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM