“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!”

Ayni kunlarda hududlarda Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan ana shu gʻoya ostida “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazilmoqda.Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida start olgan ushbu festival chinakam bayramga aylanib ketdi. Dastlab Nukus shahrida Qoraqalpoq tibbiyot institutida festival va uning doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani uyushtirildi. Unda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda jurnalist ishtirok etdi.Tadbirda soʻzga chiqqanlar festivalning ahamiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar mazmun-mohiyati borasida fikr-mulohazalarini bildirishdi.-Prezidentimizning “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilayotgan mazkur festival doirasida turli uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda,-deydi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati vakili Alisher Azimov.-Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi yana koʻplab loyihalar amalga oshirilayotir. Bu esa xalqimiz, ayniqsa, yoshlar kayfiyatini koʻtarib, ular orasidan turli yoʻnalishlarda iqtidorlilarni aniqlash imkonini ham bermoqda.Xuddi shunday Guliston shahrida boʻlib oʻtgan mazkur festival ham esda qolarli, desak, mubolagʻa emas. Ayniqsa, tadbir doirasida poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli sanʼatkorlar, yozuvchi-shoirlarning chiqishlari tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻldi.-Festival bahona Sirdaryo viloyatining koʻp joylarida boʻldik va yangi Sirdaryo har tomonlama yuksalib, rivojlanib borayotganiga guvoh boʻldik,-deydi Oʻzbekiston xalq artisti, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Gavhar Zokirova.-Bu kunlar bizda juda katta taassurot qoldirdi. Viloyatning shahar va qishloqlarida oʻtgan tadbirlar davomida tomoshabinlar sanʼatkorlarimiz chiqishlarini olqishlar bilan qarshi olishdi. Muhimi, xalqimizning ertangi kuniga ishonchi baland. Meni mana shu behad shodlantirdi.“Maʼnaviyat festivali” yangi Oʻzbekistonimizning bugungi shiddatli rivojiga mos va xos tarzda tashkil etilayotgani diqqatga molik, albatta. Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasida festival doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM