Nurobodda rasmlar tanlovi o'tkazildi

"Yoshlar oyligi" doirasida “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Nurobod tumani Madaniyat bo‘limi binosida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, yoshlarni madaniyat, san'at va rassomchilikka bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Ijodkor yoshlar" shiori ostida rasmlar tanlovi o'tkazildi. 

Tanlovda 40 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan  diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM