“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan, ammo ijtimoiy ahvoli ogʻir fuqarolar boʻyicha olib borilgan ishlar yuzasidan oʻrganishlar natijalariga bagʻishlangan  yigʻilish boʻlib oʻtdi

Bugun Nurobod tumani hokimligida xalq deputatlari viloyat Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi vakillari, tuman hokimi F.Zairov va tumandagi mutasaddilar ishtirokida tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan, ammo ijtimoiy ahvoli ogʻir fuqarolar boʻyicha olib borilgan ishlar yuzasidan oʻrganishlar natijalariga bagʻishlangan  yigʻilish boʻlib oʻtdi.

 

Tumandagi har bir sektorda yuqoridagi masalalarni mahallabay organish natijalari boyicha mutasaddilarning axborotlari tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar boyicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

 

 

2015-2021 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM