Maktab filialining eski binosi 2022-yilda qayta qurilishi rejalashtirilgan

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Maktabimizga xush kelibsiz "mutasaddilar" nomli post e’lon qilindi va unda Nurobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 20-umumta’lim maktabining Anhazrat aholi punkitida joylashgan filiali haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Bu haqda shuni ma’lum qilamizki, mazkur maktab filiali 2003-yilda aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan. Bugungi kunda 6 nafar (1-sinfda 2 nafar, 3-sinfda 2 nafar va 4-sinfda 2 nafar) o‘quvchi ta’lim olib keladi.

Maktab filiali binosining bugungi kun talablariga javob bermasligi hamda ta’mirga muhtojligi inobatga olinib, uni yangidan qurish yuzasidan tuman hokimligining manzilli dasturiga kiritish taklifi berilgan. 2022-yilda 20-maktabning Anhazrat filiali binosini yangidan qurish ko‘zda tutilgan.

 

 Nurobod tumani xalq ta’limi bo‘limi

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM