Янгиликлар

Noyabr oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingan

Joriy yilning noyabr oyi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilinganligi  munosabati bilan Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Ne’matov Nurobod tumani bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish, uning oqibatlari hamda javobgarlikning muqarrarligi yuzasidan xodim bilan suhbat o‘tkazdi. 

“Sahoba”, “Arab ota” va “Bunyodkor” mahallari tabiiy gaz istе’molchilari diqqatiga!

2023 - 2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda gaz taqsimlash stansiyalarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan 2023-yil 27-noyabr kuni soat 09:00 dan 28-noyabr kuni soat 17:00 gacha tabiiy gaz berish Sahoba GRSdan vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM