ʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi
13/10/2022 - 17:17Bugun Ostona shahrida oʻtayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻziga ajratilgan qarorgohda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bagʻdod Amreyevni qabul qildi.