Янгиликлар

Nurobodda sektor faoliyatini yanada tizimli va samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirokida 1-sektor a’zolari tomonidan joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal qilish, ular faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan “Sektor faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tuman ishchi guruhining 2023-yil 9-oy davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faolishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-sonli qarorlari asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlari o‘tkazib kelinmoqda.

2023-yil 9 oy davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risida 

Joriy yil o‘tkazilgan 1-mavsum tashabbusli budjet jarayonlarida fuqarolar tomonidan 119 ta loyihalar ilgari surilib, 97 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi hamda ushbu loyihalarga 93 415 ta (jami aholi soniga nisbatan 59,1 foiz) ovoz berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM