
Tashabbusli budjet jarayonlarida Nurobod tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 149 ta loyihalar ilgari surilib, ularning 115 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.
Jamg‘armada shakllangan 7 mlrd 17 mln so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 5 ta loyiha (42 910 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar quyidagilar:
1. Qo‘rg‘oncha mahallasi Otio‘g‘il qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lga asfalt yotqizish;
2. Qilichli mahallasida 400 dona simyog‘ochlarni almashtirish, 4 dona transformator o‘rnatish, 20 ming metr tarmoq tortish;
3. Boshquduq mahallasini Pasdarg‘om tumaniga bog‘lovchi ichki yo‘lga asfalt yotqizish;
4. Qo‘rg‘oncha mahallasidagi Ostonabobo qishlog‘idan (asfalt yo‘l tugagan joyidan) Oqtosh qishlog‘i orqali Langar qishlog‘igacha bo‘lgan 3 km yo‘lni asfaltlash;
5. Qo‘rg‘oncha mahallasidagi Ag‘roncha, Qarg‘ali, Oltio‘g‘il, Shovvoz, Tepalik, Qo‘chqorliota, Changali qishloqlarini mahalla markazi va bozor bilan bog‘lovchi 5 km yo‘lni asfaltlash loyihalari g‘olib deb topildi.