“Tashabbusli budjet”: Ovoz berish jarayoni boshlandi

Joriy yilning 6-26-fevral kunlari “Ochiq budjet” axborot portaliga Nurobod tumani fuqarolaridan 119 ta taklifi kelib tushdi.
Qonunchilikka ko‘ra, ilgari surilgan tashabbuslar tuman ishchi guruhi va tegishli tashkilot mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi. Me’zonga to‘g‘ri kelgan qiymati 97 ta loyiha saralab olindi va ovoz berish uchun hal qiluvchi 3-bosqichga o‘tkazildi.
Ovoz berish jarayoni 18-martdan 7-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda fuqarolar o‘z takliflari g‘olib chiqishi uchun yaqinlari, qarindosh va mahalladoshlari bilan birga ovoz berishlari mumkin. 

Ovoz berish https://openbudget.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

O‘z taklifingizni qo‘llab-quvvatlab, jarayonda faol ishtirok eting.

2015-2024 © Nurobod tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM