Fermer xo‘jaliklar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!
24/01/2020 - 16:18Fermer xo‘jaliklar tomonidan “Fermer xo’jaligi faoliyati to’g’risida 2019 yil uchun hisobot” 1-FX shakli (yillik) Davlat statistika hisobotini 2020 yilning 25 fevral sanasidan kechiktirmasdan internet tarmog‘idan foydalangan holda Davlat statistika hisobotini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan eStat 3.0 tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
eStat 3.0 tizimida mavjud Davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni)ni Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz hamda viloyat statistika boshqarmasining www.samstat.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.
Nurobod tuman statistika bo’limi
Murojaat uchun telefonlar: (366)633-12-68