"Voleybol" turi bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida musobaqa o'tkazildi
17/06/2021 - 15:41O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o'tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida bugun tuman Bolalar va o'smirlar sport maktabida sportning "Voleybol" turi bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida musobaqa o'tkazildi.
Mazkur musobaqada 8 ta jamoalar ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari qo'lga kiritishdi. G'oliblar tuman hokimligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.