Vatan himoyasi yo`lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir

Joriy yilning 8-yanvar kuni Nurobod tumanida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning F-5529-sonli Farmoyishi ijrosini ta`minlash, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligini keng nishonlash hamda "Vatanparvarlik" oyligi doirasida,  “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida tumanimizdagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabi hamda 18-son bolalar musiqa va san`at maktabida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirlarga 36184-harbiy qism ofitser va askarlari tashrif buyurib, tuman yoshlariga harbiy bo`lish uchun qanday hislatlarga ega bo`lish kerakligi hamda o`zlarining qurol-aslahalari bilan ko`rgazmali chiqishlarini tashkil etdi.

Tadbir tuman hokimligi, tuman Mudofaa ishlari bo`limi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Mudofaaga ko`maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Tadbir davomida tuman yoshlarining harbiylarga va harbiy sohaga bo`lgan qiziqishlarini chaqnab turgan ko`zlaridan bilsa bo’ladi. Tadbir davomida yugurish marafoni tashkil etildi. Marafonda nuroniylar, uyushmagan yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, g`oliblar diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM