"Og‘ir" toifadagi yoshlarni biriktirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan "Og‘ir" toifadagi yoshlarni biriktirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman IIB boshlig‘i Z.Suvonqulov va mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Uchrashuvda bugungi kunda mahallalarda yoshlar bilan ishlash borasidagi ishlar tahlil qilinib, sohaga e'tiborsiz mas'ullar ogohlantirildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga, mas'ullar tomonidan tushuntirishlar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM