Nurobod tumani hokimi barcha bitiruvchilarni maktab dargohidagi so‘nggi, mustaqil hayot yo‘lidagi ilk qo‘ng‘irog‘i bilan tabrikladi

Bugun Nurobod tumanining barcha umumta’lim maktablari singari, 1, 2-umumta’lim maktablarida ham so‘ngi qo‘ng‘iroq ovozlari yangradi. 

“So‘ngi qo‘ng‘iroq” ovozi maktab bitiruvchilarining mustaqil hayotga qadam qo‘yishlariga belgidir. O‘z maqsadlari sari intilish va zafarlar quchish uchun boshlangan yo‘ldan darakdir.

Ushbu tadbirlarda ishtirok etgan tuman hokimi S.Berdiqulov bitiruvchilarni maktab dargohidagi so‘nggi, mustaqil hayot yo‘lidagi ilk qo‘ng‘irog‘i bilan tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbir davomida umumta’lim maktabining bir guruh faol o‘qituvchi va o‘quvchilari tuman hokimligining tashakkurnoma, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM