Singapur Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.Bugun, 24 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.Prezident Shavkat Mirziyoev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM