"20 MING TADBIRKOR - 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS" DASTURI DOIRASIDA TUSHUNCHALAR BERILDI

Bugun Nurobod tumani hokimligida Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi hamda tumanda faoliyat yuritayotgan salohiyatli tadbirkorlar ishtirokida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminarda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratilishi va ularga moliyaviy rag‘batlar taqdim etilishi, kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlasa soliq imtiyoziga ega bo‘lishlari haqida mas’ullar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM