Nurobodda g‘o‘za parvarishidagi agrotexnik tadbirlar bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Bugun Nurobod tumanida g‘o‘za parvarishidagi agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida sifatli o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi.

Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari ishtirok etgan ushbu tadbirda chigit ekilgan maydonlarda to‘liq nihol olish, g‘o‘za qator oralarini yagonalash va dastlabki ishlov berishni tashkil etish bilan bog‘liq vazifalar xususida so‘z yuritildi.

Seminarda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Xudayberdiyev ishtirok etib, dala ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq muhim masalalar bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.

Soha mutaxassislari kultivatorlarni ishlatish tartibi, o‘g‘it solish me’yorlari, dala chetlariga zararkunanda va hashoratlarga qarshi biomahsulotlar, shuningdek kimyoviy preparatlar bilan profilaktik ishlov berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM