Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "chiqindixonaga aylanayotgan jamiyat" sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar tabiat resurslari vazirligi Nurobod tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan joyida o‘rganildi. 

O‘rganish davomida tumanning Oqsoy mahallasi hududida joylashgan Hazrati Dovud ziyoratgohi atrofida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro I.F kundalik turmush sharoitida hosil bo‘lgan maishiy chiqindilarni tashlashi oqibatida hosil bo‘lganligi aniqlandi. 

Holat tezkor tartibda bartaraf etilib, fuqaro I.Fga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismiga binoan jarima qo‘llanilganligini malum qilamiz.

 

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM