HOKIM QABULI: AHOLI MUROJAATLARI DOIM E’TIBORDA

Haftaning har dushanba kuni Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov va sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar qabulida har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolar o‘z yechimini topmoqda.

Bugun tashkil etilgan qabulda 40 nafardan ortiq fuqarolar tuman hokimiga o‘z murojaatlari bilan yuzlanishdi. 

Murojaatchilar tomonidan asosan, moddiy yordam olish, tibbiy xizmat, ishga joylashish, kredit olish, aliment undirish, yer munosabatlari, elektr erergiyasi, gaz, suvoqova, kadastr va boshqa masalalar bilan bog‘liq bildirilgan bir qancha masalalar tuman hokimi tomonidan tinglanib, aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi hamda muddat talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM