Nurobod tumani hokimi “Olg‘a” mahallasi fuqarolarining muammolarini tingladi

Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov, tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Shavxiyev, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida “Olg‘a” mahallasi fuqarolari va yoshlari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar va yoshlar tomonidan asosan elektr energiyasi, tibbiyot, kredit, moddiy yordam, yo‘l, kadastr, yer va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Tuman rahbari tomonidan murojaatlarning ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM