Nurobodda yana bir oila tiklandi

Oila muqaddas dargoh. Oilaning tinch, farzandlarning baxtli bo‘lishida er-xotinning oiladagi o‘z burchlarini astoydil ado etishlariga bog‘liq.

Byuro organlari ish yurituvidagi aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan ijro harakatlar davomida oilalarni qayta tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining 2020-yil 3-yanvardagi qaroriga asosan, qarzdor X.B. dan undiruvchi Y.S. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuro tomonidan olib borilgan suhbatlar va tushuntirishlar natijasida taraflar o‘zaro yarashib, oilasini qayta tiklashdi. Bir nafar voyaga yetmagan farzandlar ota-onasini bag‘rida shodon yashash baxtiga muyassar bo‘ldi. 

Bu kabi tadbirlar tumanda davom etmoqda...

Zulfiddin ESANOV, 
Byuroning Nurobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM