Sayyor qabul: muammo va yechim

Bugun Nurobod tumani Sazag‘on mahallasida tuman hokimi S.Berdiqulov hudud aholisi uchun navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. 

Fuqarolar qabulida aholining murojaatlarini tezkor va ijobiy hal etish uchun tegishli tuman mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqarolardan 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushib, shundan 4 tasi joyida ijobiy hal qilindi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM