“Mahallabay” ishlashning yangicha tizimi asosida aholi muammolari va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilmoqda

Bugungi kunda Nurobod tumanida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani tajribasi misolida “mahallabay” ishlashning yangicha tizimi asosida aholi muammolari va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilmoqda.

Ishchi guruhi a’zolari tuman hududini mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan yaqindan tanishishi belgilangan.

Aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralari ko‘riladi. 

Ushbu jarayonda asosiy e’tibor og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolg‘iz, surunkali kasalliklarga chalingan va nogiron, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarni qiynayotgan masalalar yechimiga qaratilmoqda.

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirokida “mahallabay” ishlashning yangicha tizimi asosida aholi muammolarining o‘rganilishi muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM