2023-yilda 5 million nafar aholi bandligi taʼminlanishi kutilmoqda

2023-yilda 5 million nafar aholi bandligi taʼminlanishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2023-yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Davlatimiz rahbari kambagʻallikni qisqartirish milliy siyosat darajasiga olib chiqilganini taʼkidladi.Natijada oʻtgan yilning oʻzida kambagʻallik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushgani, bunda hokim yordamchilari 1 million nafar aholini kasb-hunarga oʻqitib, tadbirkorligini boshlashga koʻmaklashgani, daromadli ish bilan band qilgani muhim omil boʻlgani qayd etildi.Shu davrda 200 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti tashkil qilindi, 10 mingta korxona faoliyati kengaytirildi, 11 mingta korxona quvvati tiklandi.Bu ishlarni 2023-yilda davom ettirish, bandlikni taʼminlash boʻyicha barcha tarmoq va hudud rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan.Jumladan, 2023-yilda 5 million nafar aholi bandligini taʼminlash, shu jumladan 2 millionta doimiy ish oʻrinlarini yaratish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM