Nurobod tumanida joylashgan "Temurgaz" gaz to'ldirish inshootida aholi xonadonlaridan qaytgan gaz ballonlarida mavjud og'ir qoldiqlar to'kilib, suyultirilgan gaz mahsuloti bilan qayta to'ldirilmoqda.
Bugun tumanimizdagi
- Girdiqo'rg'on;
- Navro'z;
- Mash'al;
- Sharq Yulduzi;
- Saxoba
mahallalari aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.
Suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish bo‘yicha aniq grafik ishlab chiqilgan bo‘lib, 45 kun muddatda doimiy yetkazib berish nazoratga olingan.