
Yangi O‘zbekistonda samarali va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Samarqand viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan “Mahalla” axborot tizimi elektron platformasi yaratildi.
Bugun Nurobod tumani hokimligida viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov va mas’ullar ishtirokida ushbu platforma bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminar davomida tumandagi barcha mahalla raislari elektron platforma ishlash tartibi, mahalla raislarining ish samaradorligini onlayn va tezkor amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.