Mahsulotlar narx-navosining asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bo'yicha doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda

Yurtimizda anomal sovuq kunlari ichki bozorlarimizda oziq-ovqat mahsulotlarining rastalarda uzluksizligini ta’minlash, mahsulotlar narx-navosining asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bo'yicha doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 

Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov tuman markazida joylashgan "Ko'kat dehqon bozori" MCHJda bo‘lib,  arzonlashtirilgan zaruriy oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari bilan tanishib, bozordagi mahsulotlar narxlarining asossiz oshib ketmasligi, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya etilishi holatlarini o'rgandi.
 
Oziq-ovqat mahsulotlarining rastalarda uzluksizligini ta’minlash, mahsulotlar narx-navosining asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM