Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulovning tuman ahliga MUROJAATI

Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulovning tuman ahliga

MUROJAATI

 

Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar!

Ayni kunlarda barchamiz havo haroratining keskin pasayib ketishiga guvoh bulib turibmiz.

Ushbu sovuq kunlarda fuqarolarimizning tibiiy gaz hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabi oshayotgan bir vaqtda, gaz bosimi keskin pasayib ketganligi elektr energiyasidagi yuklamani ortishiga sabab bo‘lyapti.

Shundan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda xalqimizni elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘riloqda.

Aholi xonadonlarini imkon qadar iliq haroratda saqlash maqsadida birinchi navbatda avtomobillarga gaz qo‘yish shohobchalari, restoran, oshxona va boshka ko‘plab yirik gaz iste’mol qiladigan korxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar kiritildi.

Shu o‘rinda, tadbirkorlik sub’yektlaridan ham aholini gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishlarini va to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz.

Tabiiy gazda muammo bo‘lgan mahallarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi va bu ishlar har kuni davom etmoqda.

Tuman aholisini sovuq kunlardan betalofat olib chiqish maqsadida barcha choralar ko‘rilmoqda. Buning uchun tuman hokimligi hamda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida alohida “shtab”lar tashkil etilgan.

Birgina elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida 4 ta tezkor xizmat guruhi ish olib boryapti.

Tabiiy gaz bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar ham 2 ta operativ xizmat ko‘rsatish guruhlari tomonidan bartaraf etib borilmoqda.

Shuni ham alohida ta’kidlashimiz kerakki, sovuq kunlarda tuman hokimligi va homiylar tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan oilalar hamda yolg‘iz yashovchi keksalarni oziq-ovqat mahsulotlari va issiq ovqat bilan ta’minlash ishlari ham olib borilmoqda.

Obodonlashtirish boshqarmasi hamda kommunal soha xodimlari uchun har kuni tushlik va kofe-breyklar tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Qadrli tumandoshlar!

Shu o‘rinda bir holatni ochiq aytib o‘tmoqchiman. Bugungi Anomal sovuqda ayrim fuqarolar qisqa muddatli sinovli kunlarga sabr qilib, mavjud tabiiy gaz bosimiga qanoat qilmasdan qo‘lbola gaz tortkich nasoslarni yashirincha o‘rnatishmoqda. 

Bu esa o‘z navbatida atrofdagi boshqa xonadonlarga borib turgan tabiiy gazni yo‘qolishiga sabab bo‘lyapti va natijada o‘zgalarning xonadoni sovub ketyapti.

Bunday fuqarolarimizdan birgina o‘zlarini o‘ylamasdan atrofdagi insonlar taqdiriga ham befarq bo‘lmasliklarini, gazdan noqonuniy tarzda foydalanmasliklarini hamda is gazida ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz korxona va tashkilotlari mas’ullarini, tadbirkorlarimizni mavjud resurslardan tejab foydalinshlariga, ortiqcha elektr uskunalar va ko‘cha chiroqlarini o‘chirib, iqtisod qilishga chorlab qolaman.

Sovuq kunlarda halqimizga imkon qadar sharoit qilib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilayotganligini yana bir bor ta’kidlab, yurtdoshlarimizga salomatlik tilab qolaman.

Doimo sog‘-omon bo‘lingizlar!

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM