Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi

Bugun, 4-oktyabr kuni Budapesht shahrida Vengriya Parlamentining binosi roʻparasidagi Layosh Koshut nomidagi maydonda rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga piyoda va otliq askarlardan iborat faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Prezidenti Katalin Novak rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.Marosim yakunida faxriy qorovul tantanali ravishda saf tortib oʻtdi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM