Samarqand viloyati sharafini himoya qilgan nurobodlik Sadinova Rashida faxrli birinchi o‘rinni qo’lga kiritib, O‘zbekiston chempioni degan sharafga sazovor bo‘ldi

Joriy yilning 13-18 iyun kunlari Qashqadaryo viloyatida sportning boks turi bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smir qizlar o‘rtasida bo‘lib o’tgan O‘zbekiston chimpionatida 75 kg vazn toifasida Samarqand viloyati sharafini himoya qilgan nurobodlik Sadinova Rashida faxrli birinchi o‘rinni qo’lga kiritib, O‘zbekiston chempioni degan sharafga sazovor bo‘ldi.

R.Sadinova ushbu g’alabasi bilan joriy yilning avgust oyida bo‘lib o’tadigan Osiyo chempionatida qatnashish yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, R.Sadinova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24-yanvardagi PF-5924-sonli Farmoniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy taʼlim muassasalariga (tibbiyot yoʻnalishidan tashqari) qoʻshimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz kirish imkoniyatiga ega bo’ldi.

R.Sadinovaga Osiyo o‘yinlarida g’alabalar yor bo’lishini tilab qolamiz.

2015-2021 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM