Nurobodda “Davlat tilida ish yuritish” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Nurobod tumani hokimligida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan taqdim etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Taqdimotda tuman hokimining maslahatchisi A.Qilichov “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining ahamiyati, ish hujjatlarini yuritishda kitobning foydali jihatlari haqida maʼlumot berib, barcha hokimlik xodimlariga qo‘llanmadan foydalangan holda ish hujjatlarini yuritish kerakligi ta'kidlandi.

 

Mazkur amaliy qo‘llanmada tashkilot, muassasa va idoralarning ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar o‘z aksini topgan bo'lib, tuman hokimligining barcha xodimlari va mutaxassislariga ish jarayonida foydalanish uchun tarqatildi.

 

 

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM