“Oʻzbek adiblari bilimdoni” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 18-iyun kuni Nurobod tumani 4-sektor hududida joylashgan maktab o'quvchilari o'rtasida “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Oʻzbek adiblari bilimdoni” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlov tuman hokimligi, Axborot kutubxona markazi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, Ma'naviyat va Ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, ishtirokchilar 3 ta shart boʻyicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra 1-oʻrinni 53-maktab oʻquvchisi Normamatova Zilola, 2-oʻrinni 48-maktab oʻquvchisi Eshmirzayeva Marjona, 3-oʻrinni 46-maktab oʻquvchisi Yorbozorova Nigoralar qo'lga kiritishib, tashkilotchilar tomonidan diplom va kitoblar toʻplami bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Nurobod tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM