
Ayni kunlarda Nurobod tumanidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llaridagi piyodalar o‘tish joylarida chizilgan “Zebra” yo‘l yotiq chiziqlari yangilanib, 250 dan ortiq yo‘l axborot-ko‘rsatkich belgilari o‘rnatildi hamda yo‘l belgilarining eskirganlari yangisiga almashtirilmoqda.
“Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha avtomobil yo‘llaridagi aniqlangan kamchiliklar tuman IIB YHXB va tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tashkiloti xodimlari hamkorligida bartaraf etildi.
Shu o‘rinda, barcha haydovchilardan belgilangan tezlik me’yoriga amal qilishlarini, yo‘l belgilari va chiziqlari talablarini bajarishlarini, ota-onalardan esa ogoh bo‘lib, o‘z farzandlariga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.