Nurobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi ogohlantiradi!

Nurobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi ogohlantiradi!

Cho‘kish bilan bog‘liq noxushliklar yuz bermasligi uchun avvalo, cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim.

Buning uchun ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan vaqtda cho‘milish tavsiya etiladi. Qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, holsizlikda, spirtli ichimlik ta’sirida, yolg‘iz holda cho‘milish maqsadga muvofiq emas.

Shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milish, kater va qayiqlarga yaqin suzib borish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, chegaralangan belgilardan tashqariga chiqish, ko‘prik, damba va kemalardan suvga sakrash, notanish joylarga sho‘ng‘ish taqiqlanadi.
 

2015-2024 © GOVERNMENT OF NUROBOD DISTRICT. Maked by: SAKTRM