Bahorgi tijoratlashtirish forumi o'tkazildi.

Joriy yilning 16-17-mart kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Bahorgi tijoratlashtirish forumi"da Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi faol ishtirok etdi.

Forum doirasida tashkil etilgan Samarqand viloyatidagi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining 40 dan ortiq,  Urgut hamda Nurobod innovatsion tumanlarining 10 dan ortiq ilmiy ishlanmalari va innovatsion mahsulotlari tarmoq korxonalari, mahalliy hokimliklar, korxona, tashkilot va muassasalar, shuningdek tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuqori baholanib, 4 mlrd 200 mln so'mdan ortiq shartnomalar imzolandi hamda 1 mlrd 40 mln so'mlik ish rejalar tasdiqlandi.

Shuningdek, forum doirasida turli xil memorandumlar, o'zaro uch tomonlama manfaatli bo'lgan bitmlar imzolandi.
 

2015-2024 © GOVERNMENT OF NUROBOD DISTRICT. Maked by: SAKTRM