Nurobod tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar oʻrtasida yozgi biatlon va duatlon sport turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Nurobod tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar oʻrtasida yozgi biatlon va duatlon sport turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti  Nurobod tuman oʻquv sport texnika klubi tomonidan  tumandagi Bolalar va oʻsmir sport maktabi oʻyingohida sportning pnevmatik miltiqdan oʻq otish, yozgi biatlon va duatlon turlari boʻyicha tumandagi “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlar hamda sport maktabi sportchilari oʻrtasida musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa tuman hokimligi, Mudofaa ishlari boʻlimi, Turizm va sport boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamda “Vatanparvar” tashkiloti  oʻquv sport texnika klubi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © GOVERNMENT OF NUROBOD DISTRICT. Maked by: SAKTRM